“Soch, soqol va mo‘ylablarni agar odamlarni aldash maqsadi bo‘lmasa bo‘yash mumkin. Biroq erkaklarga sochlarini qora rangga bo‘yash mumkin emas, bu nojoizdir”, deb aytilgan "Diyonat" boshqarmasining namozxonlarning savollariga yozma javobida. Ta'kidlanishicha, agar sochni bo‘yash kerak bo‘lsa, unda tabiiy xinadan foydalanish tavsiya etiladi.

Shuningdek, boshqarma islom me'yorlariga zid bo‘lgan musiqani tinglashni gunoh deb atadi. Shuningdek, agar pul topishning boshqa yo‘li bo‘lmasa, spirtli ichimliklar sotiladigan joylarda ishlash taqiqlanadi.