Moskva viloyatining «2018 yilga Moskva viloyati mehnat bozorining mintaqaviy o‘ziga xos jihatlarini aks ettiruvchi koeffitsiyentni o‘rnatish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi Moskva viloyati dumasi deputatlari tomonidan 22 noyabr kuni ko‘rib chiqildi va qabul qilindi.
Qonun loyihasi izohida ta'kidlanishicha, xorijiy fuqarolar uchun patent qiymati Moskva viloyatida 2015 yildan beri o‘zgarishsiz qolayotgandi hamda 4000 rublni tashkil qilgan.
Shu bilan birga, Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi prognoziga ko‘ra, 2018 yilda iste'mol narxlari o‘sishi 2015 yil bilan taqqoslaganda 15,7 foizni tashkil etadi.
Qonun 2018 yilda 2,12535 miqdorida mintaqaviy koeffitsiyent o‘rnatishni nazarda tutadi, hamda patentning narxi oyiga 4300 rublgacha oshadi.











