KUN.UZ sayti loyihasi — kun bo‘yi ro‘y bergan voqea va yangiliklarga bag‘ishlangan 5 daqiqalik videodayjestning 23 noyabr kungi sonida quyidagi mavzularga to‘xtalib o‘tilgan:
- O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi davom etdi. Bugun u kunni BMTning sobiq bosh kotibi Pan Gi-mun bilan uchrashuvdan boshladi.
- Mirziyoyev Koreya Respublikasi parlamentiga tashrif buyurdi va Koreya bosh vaziri bilan uchrashdi
- Mirziyoyev va Mun Chje In Janubiy Koreya Milliy muzeyiga tashrif buyurdi.
- O‘zbekistonliklarning necha foizi Konstitutsiyani o‘qigan?
- O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi aviareyslar soni oshiriladi
- Yana direktorlar hokim tomonidan haqoratlandi: Bu safar endi Andijon shahrida
- Toshkentdagi go‘sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona eshak go‘shti ishlatmoqchi bo‘lgani fosh qilindi
- Qirg‘izistonning yangi saylangan prezidenti lavozimiga kirishdi
- Misrdagi terakt qurbonlari soni 155 nafarga yetdi. Qurbonlar xotirasiga uch kunlik motam e'lon qilindi
Bugun ro‘y bergan yangilik, voqea va hodisalarning kundalik dayjestidan farqli o‘laroq, videodayjestni Kun.uzning Youtube kanalidan quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:










