«Men o‘ynashga, kortga chiqishga tayyor emasman, biroq men harakat qilib, urinib ko‘rishim kerak edi. Men faoliyatim davomida ushbu musobaqani kamdan-kam o‘tkazib yuborganman, biroq mavsumim o‘z nihoyasiga yetdi», - deya aytib o‘tdi Nadal.

Eslatib o‘tamiz, Nadal ATP Yakuniy musobaqasi guruh bosqichining ilk uchrashuvida belgiyalik David Goffenga 6:7 (5:7), 7:6 (7:4), 4:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ispaniyalik raketka ustasi keyingi uchrashuvda avstriyalik Dominik Tim bilan kuch sinashishi lozim edi.