Turnirga 2-tartib raqam ostida saralangan Daniil Medvedev hal qiluvchi bellashuvda 6-raqamli raketka Rafael Nadal bilan bahs olib bordi.
Dastlabki ikkita setda rossiyalik tennischi 6:2, 7:6 hisoblarida ustun kelgandi. Biroq ispaniyalik 35 yoshli sportchi o‘ziga xos xarakter namoyish eta oldi. 3-4-setlarda Rafa bir xil — 6:4 hisobida g‘alabaga erishdi. So‘nggi setda esa Nadal 7:5 hisobida zafar quchib, yangi mavsumdagi dastlabki sovrinini yutdi.
Bu Rafael uchun 21-katta titul bo‘ldi va u tennis tarixida Katta Dubulg‘a turkumiga kiruvchi turnirlarda eng ko‘p g‘olib bo‘lgan sportchiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha u birinchi o‘rinni o‘zi kabi 20tadan sovrin yutgan Rojyer Federer va Novak Jokovich bilan bo‘lishib turgandi.










