«Men iste'foga chiqdim. Yaqin vaqt ichida Livanga boraman, hamda iste'foga konstitutsiyaviy usul bilan chiqaman», - deya aytib o‘tdi u.
Haririyning qo‘shimcha qilishicha, uning iste'fosi «Livan uchun jo‘nash nuqtasiga aylandi».
Shuningdek, uning ma'lum qilishicha, Saudiya Arabistonida uni majburan ushlab turishgani yo‘q.
«Men bu yerda erkinman. Agarda ertaga qayergadir jo‘nab ketishni xohlasam, buni qila olaman», - deya aytib o‘tdi u.
Avvalroq Livanning Arab davlatlari ligasidan chiqarib yuborilishi masalasiga oydinlik kiritilgandi.












