Exynos 9810 ikkinchi avlod protsessori bo‘lishiga qaramay 10-nanometrli jarayon bo‘yicha ishlab chiqariladi. Ammo bu uning kam energiya sarfida yuqori samaradorlikni ta'minlaydi.
Samsung ma'lumotlariga ko‘ra, chip yangilangan grafik protsessor va gigabitli LTE-modemga ega bo‘ladi. U dunyoda birinchi bo‘lib 6CA (aloqa operatorlari agregatsiyasi)ni qo‘llab-quvvatlaydi. Exynos 9810 protsessoridagi 6CA modemi 1,2 Gbit/s tezlikda ishlaydi. Bu esa Samsung kompaniyasining 5G-tarmoqlariga tayyorgarligi jarayonida yuqori tezlikda ma'lumotlarni yuklashni kafolatlaydi.











