Samsung yangi Galaxy S9 telefonining dizayniga o‘zgartirish kiritish borasida ish olib bormoqda, deb xabar qilgan manba. Uni o‘zgartirishga sabab: foydalanuvchilarning barmoq izini skanerlash sensorining joylashuvidan noroziligidir.
Galaxy gadjyetlari egalariga ko‘ra, skanerning kamera yonida joylashuvi barmoqning obektivga tez-tez tegib ketishi sababli noqulayliklar keltirib chiqaradi. Chunki kamerani tez-tez artib turishga to‘g‘ri keladi.

Samsung, shuningdek, orqa penaldagi boshqa elementlar tashqi ko‘rinishi ustida ham ishlamoqda. Bu bilan Galaxy S9 dizayni yanada jozibali bo‘lishi kutilmoqda.










