Sunday Mirror nashri ma'lumotlariga ko‘ra, fleshkani boshpanasiz erkak topib olgan. Unda aeroportda aksilterrorchilik tadbirlarini o‘tkazish vaqtida xavfsizlikni ta'minlash haqida 174 ta fayldan iborat 76 ta papka bo‘lgan.
Ma'lumotlar orasida Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II qanday yo‘l bilan aeroportga borishi va uni qo‘riqlash uchun qanday xavfsizlik choralari ko‘rilishi, teraktlarning oldini olishga javobgar patrul jadvali kabi ma'lumotlar bo‘lgan. Bundan tashqari, fleshkada Buyuk Britaniya hukumati a'zolarining yurish yo‘llari va qo‘riqlanishi, kameralar, tunnellar va aeroportdan chiqish joylarining joylashgan o‘rinlari haqida ma'lumotlar ham bo‘lgan.
Fayllardan ko‘pchiligi "maxfiy" yoki "kirish cheklangan" deb belgilanganiga qaramay, ularni ochish uchun parol so‘ralmagan.
Aeroport vakilining ma'lum qilishicha, Xitrouda xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha barcha rejalar tekshirib chiqilgan va aeroport yaxshi himoyalanganiga ishontirilgan. Fleshkani topib olgan erkak aeroport xavfsizlik xizmati xodimlari tomondan so‘roq qilingan.
"Biz bu holat qanday yuz berganini aniqlash yuzasidan ichki tergov boshladik va bunday holatlarning kelgusida takrorlanmasligi uchun tegishli choralar ko‘ramiz", deb aytgan aeroport vakili.











