Reuters axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, samolyot mahalliy vaqt bilan soat 8.30larda aeroport yaqinida okeanga qulagan.
Ma'lum qilinishicha, falokat oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan va 6 kishi jarohat olgan. Barcha qurbonlar Moldova fuqarolari bo‘lgan, jarohatlanganlar orasida 4 nafar fransuz harbiysi ham bor.
Fojiaga samolyotning me'yoridan ortiq yuklangani sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Samolyot fransuz harbiylariga anjomlar yetkazib berayotgan bo‘lgan.











