FIDe ijroiya qo‘mitasining 37 nafar a'zosi Antalyadagi kongressda Ilyumjinovning yangi prezidentlik muddatiga ilgari surilishiga qarshi chiqdilar, 20 a'zosi uni qo‘llab-quvvatladilar.
Kongressda federatsiya rahbari vakolatlarining Ilyumjinov o‘rinbosari Georgios Makropulosga topshirilishiga qaror qilindi. FIDE ijroiya qo‘mitasi a'zolari bu qarorni bir ovozdan qabul qilishgan.
Ta'kidlash joizki, Ilyumjinov federatsiyani 1995 yildan boshqarib kelgan.











