Ekvador mehmoni bo‘lgan Sampaoli shogirdlari baribir o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani uddalashdi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Messi kerak paytda terma jamoa uchun ham qahramon bo‘la olishini isbotladi. Uning eng kerakli uchrashuvdagi het-triki terma jamoani Rossiyada bo‘lib o‘tadigan JCh final bosqichiga olib chiqdi.
Braziliya mehmoni bo‘lgan Chili terma jamoasi esa yirik hisobda imkoniyatni boy berdi. Paulino va Gabriel Jyezusning (dubl) gollari Chilini umuman JCh yo‘llanmasidan mahrum qildi. Peru esa Kolumbiya bilan o‘z uyida durang o‘ynadi, ammo bunday imkoniyatdan Venesuelani qabul qilgan Paragvay foydalana olmadi. O‘z uyida yutqazib qo‘ygan paragvayliklar 5-o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatini boy berdi.
Natijada Braziliya ortidan KONMeBOL mintaqasidan Urugvay, Argentina va Kolumbiya terma jamoalari yo‘llanmani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Peru Okeaniya mintaqasi vakili Yangi Zelandiya bilan qit'alararo pley-off bosqichida o‘ynaydigan bo‘ldi.
JCh-2018 saralash bosqichi. KONMeBOL
18-tur
Ekvador – Argentina 1:3 (1:2)
Gollar: Ibarra (1) – Messi (12, 20, 62).
Ekvador: Bangera, Aymar, Ramires, Velasko, Arboleda, Ibarra, Orexuela, Intriago (Uchuari, 77), Sevalos (Valensiya, 41), Ibarra, Ordones (Estrada, 64).
Argentina: Romero, Merkado, Maskerano, Otamendi, Salvio (Fasio, 90), Di Mariya (Paredes, 84), Peres, Akunya, Bigliya, Benedetto (Ikardi, 76), Messi.
Ogohlantirishlar: Sevalos (14), Akunya (51), Bigliya (61), Estrada (75), Maskerano (86).
Braziliya – Chili 3:0 (0:0)
Gollar: Paulino (55), Gabriel Jyezus (57, 90+3).
Braziliya: Ederson, Markinos, Aleks Sandro, Dani Alves, Miranda, Koutino (Firmino, 87), Kazemiro, Paulino, Renato Augusto (Fernandino, 82), Neymar (Villian, 85), Gabriel Jyezus.
Chili: Bravo, Bosejur, Xara, Medel, Arangis (Pulgar, 46), Fuensalida (Puch, 63), Vargas, Valdiviya, Sanches, Ernandes (Paredes, 77), Isla.
Ogohlantirishlar: Koutino (40), Neymar (45), Sanches (54), Isla (68).
Peru – Kolumbiya 1:1 (0:0)
Gollar: Gerrero (76) – Xames (56).
Peru: Galese, Rodriges (Arauxo, 46), Ramos, Trauko, Yotun (Ruidias, 71), Tapiya, Karrilo (Reyna, 63), Kueva, Korso, Flores, Gerrero.
Kolumbiya: Ospina, Murilo, Fabra, Aryas, Sanches, Kuadrado, Agilyar, Sanches, Xames (Chara, 85), Falkao (Moreno, 90), Sapata (Barrios, 73).
Ogohlantirish: Karrilo (45).
Urugvay – Boliviya 4:2 (2:1)
Gollar: Kaseres (39), Kavani (42), Suares (60, 76) – Silva (24, avtogol), Godin (79, avtogol).
Urugvay: Muslera, Ximenes, Silva (Pereyra, 77), Kaseres, Godin, Bentankur, Vesino, de Arraskaeta (Lodeyro, 77), Valverde (Rodriges, 60), Kavani, Suares.
Boliviya: Lampe, Raldes, Sagredo, Valverde, Bexarano, Chumasero (Arse, 46), Kandiya, Kampos, Machado, Kastro (Xustiniano, 57), Moreno (Alvares, 69).
Ogohlantirish: Kandiya (70).
Paragvay – Venesuela 0:1 (0:0)
Gol: Errera (84).
Paragvay: Silva, Gomes, Alonso, Moreyra, da Silva (Samudio, 62), Piris, Roxas, Romero, Romero, Sanabriya (Kardoso, 56), Dominges (Bareyro, 56).
Venesuela: Farines, Anxel, Chanselor, Kixada, Ernandes, Kordova (Soteldo, 57), Errera, Martines (Otero, 77), Rinkon, Murilo (Moreno, 81), Rondon.
Ogohlantirishlar: Martines (25), Alonso (33), Roxas (39), Errera (47), Kardoso (73), Otero (86), Farines (90).
Chetlatishlar: Anxel (89), Gomes (89).












