Uchrashuvning birinchi bo‘limida avvaliga Umar as-Soma mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay Tim Keyhill farqni yo‘qqa chiqardi. Bu hisob o‘yin davomida boshqa o‘zgarmadi. Birinchi uchrashuvda ham xuddi shu hisobda yakuniga yetgani bois, qo‘shimcha bo‘limlar belgilandi.

Qiziq tomoni, qo‘shimcha bo‘limlarga Ravshan Ermatov emas, Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida maydonga tushdi va 94-daqiqada suriyaliklar vakili al-Mavasga qizil kartochka ko‘rsatdi. Natijada 10 kishi qolgan Suriya 109-daqiqada yana o‘sha Keyhillning bosh bilan bergan zarbasidan keyin gol o‘tkazib yubordi. Yakuniy hisob 2:1 Avstraliya keyingi bosqichda.

Foto: Nine Network
Foto: The AFC

Avstraliyaliklar qit'alararo pley-offda KONKAKAF mintaqasining 4-o‘rindagi jamoa bilan kuch sinashadi. Hozirda bu mintaqada AQSh, Panama va Hondurasda bunday imkoniyat mavjud.

JCh-2018. Saralash bosqichi. Osiyo pley-off
Javob uchrashuvi

Avstraliya — Suriya 2:1 (1:1, 0:0, 0:0, 1:0)
Gol: 
Tim Keyhill (13, 109) — Umar as-Soma (6).
Chetlatish: Mahmud al-Mavas (94)
Dastlabki uchrashuv — 1:1.

Foto: The AFC
Foto: The AFC
Foto: The AFC
Foto: The AFC