Videodan ko‘rish mumkinki, to‘rtta delfin “tashrif” bilan kelgan olmaxonlardan birining xatti-harakatini qiziqish bilan kuzatgan va uni ko‘zdan qochirmaslikka intilishgan. Keyinchalik bunday “tomoshaga” yana bir delfin kelib qo‘shilgan.

"Agarda siz kuningizni noodatiy joziba bilan bezamoqchi bo‘lsangiz, bolachalarning yoniga mehmonlar kelganida nima ro‘y berganiga qarang", - deya yozdi Shumaxer Facebook’da. Video hozirga qadar 1,4 million marotaba ko‘rildi.