“Biz referendum natijasini muhokama qilishga yoki u bo‘yicha bahs yuritishga tayyor emasmiz. Chunki u konstitutsiyaga ziddir”, - degan bosh vazir. Iroqning Al Arabiya telekanali hukumat rahbarining bayonotini namoyish etgan.
Bosh vazirning ta'kidlashicha, Bag‘dod Iroqning barcha fuqarolarini, xususan, mamlakat shimoli va shimoli-sharqida istiqomat qiluvchilarni zo‘ravonliklardan muhofaza qila oladi. Uning qayd etishicha, ovoz berish chog‘ida “qalbakilashtirishlar, soxtalashtirishlar va fuqarolarga tayziq o‘tkazishlar” kuzatilgan.
25 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan referendumning so‘nggi natijasi 3 kun ichida ma'lum bo‘ladi.











