Saudiya qiroli Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi. Bu uchrashuvda tomonlar qator hujjatlarni imzolashadi.
Rossiya prezidenti matbuot xizmati ham ayni vaqtda tashrifga tayyorgarlik ko‘rilayotganini tasdiqlagan.
Saudiya Arabistoni TIV rahbari Odil al-Jubayr bu tashrifni tarixiy deb atagan. Ammo u tashrifning aniq sanasini ayta olmagan.











