Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur qaror avtomobil yo‘llaridagi qurilmalarning me'moriy-badiiy sifatini tubdan oshirish, Respublikamiz avtomobil yo‘llari bo‘ylaridagi ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini – yo‘l harakati xavfsizligi hamda atrof-muhit muhofazasi masalalarining zamonaviy talablariga javob bergan holda, yagona tizimli va kompleks asosda shakllantirish sifatini tubdan oshirish maqsadida qabul qilindi. 

Qarorga asosan O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi qoshidagi "Avtoyo‘lko‘kalamzorlashtirish" korxonasi "O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish" unitar korxonasiga aylantirildi.