Unga ko‘ra, «Real» bosh murabbiyi Zaynidin Zidan, «Yuventus» ustozi Massimiliano Allegri va «Chelsi» bosh murabbiyi Antonio Konte nomzodlari g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
Zidan «Real» bilan YeChL va Ispaniya chempionatida zafar quchgan bo‘lsa, Konte «Chelsi»ni birinchi mavsumidayoq APL chempioniga aylantirgandi. Allegri esa «Yuve» bilan YeChL finaliga yetib kelgan va Italiya chempioni bo‘lgan.











