Shu bilan birga, bundan buyon Markaziy bank muntazam ravishda ommaviy axborot vakillari bilan uchrashuvlar tashkil qilishi va ular orqali xalqni bank faoliyatidagi o‘zgarishlar bilan o‘z vaqtida tanishtirib borishi, ishonchli ma'lumotlar taqdim etishi ta'kidlandi. Shu yo‘l bilan asossiz xabarlar tarqalishining oldi olinsa ajab emas.
Bundan tashqari, 13 sentabrdan boshlab ayrim banklarda yangi xizmat turi joriy qilingani qayd etildi. Unda muayyan foizli to‘lov asosida bir fuqaroning kartasidan boshqasiga mablag‘ o‘tkazish imkoni paydo bo‘lgani aytildi. Masalan, chet elda o‘qiyotgan yo ishlayotgan yurtdoshining ehtiyojlari uchun. Biroq bu yo‘l bilan ko‘chmas mulk yoki avtomobil xaridi taqiqlanishi ta'kidlandi.










