Magnitli ulagichlarni almashtirish mumkin bo‘lgani sababli turli gadjyetlarni quvvatlantirishda foydalansa bo‘ladi. Buning uchun magnitli shtekerlarni qurilma tirqishiga qo‘yish kifoya. Shundan so‘ng, birgina harakat bilan kabelni elektr manbaiga ulaysiz va quvvatlantirasiz. Kabelda burchakli ulagich yoddan chiqmagani o‘ziga xos qulaylik taqdim etadi va bukilmaydi.
Umuman, MagBull kabelini asrab-avaylash xususida haddan ortiq bosh qotirish ham kerak emas. Uning neylonli qobig‘i zirxli nimchalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan maxsus iplar bilan o‘ralgan. Shu boisdan ham ishlab chiqaruvchi muddatsiz kafolat bermoqda.
MagBull kabelining uzunligi 2 metrni tashkil etadi. Kabel microUSB va USB Type-C tirqishli Android qurilmalari va Apple gadjyetlariga mos tushadi. Bundan tashqari, USB Type-C tirqishli zamonaviy noutbuklarni ham quvvatlash mumkin.
MagBull kabelini ishlab chiqarish uchun zaruriy mablag‘ to‘plangan, ammo unga Indiegogo orqali 19 dollarga buyurtma berish mumkin.










