“Men keksayganimda eslay oladigan jang o‘tkazmoqchiman. Men Afrikada jang o‘tkazish niyatidaman. Muhammad Ali rekordlar o‘rnatgan va trendlar paydo qilgan odam bo‘lgan. Uning ishini takrorlash ajoyib bo‘lardi”, deb aytgan Joshua.
1974 yil 30 oktabrda Kongo poytaxti Kinshasa shahridagi 20 may nomidagi stadionda Ali va Jordj Forman o‘rtasida afsonaviy jang bo‘lib o‘tgan. O‘sha jangni Ali 8-raundda nokaut bilan yutgan.
Avvalroq Joshua 28 oktabrda bolgariyalik Kubrat Pulevga qarshi jang o‘tkazishini tasdiqlagandi.











