ICTEXPO 2017 ko‘rgazmasining barcha ishtirokchilari shakllantirildi. Joriy yilda ishtirokchilar tomonidan birinchi marta ikki pavilon maydoni qoplandi. Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Shveytsariya va boshqa davlatlardan kompaniyalar qatnashadi. Joriy yilda davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari, shuningdek, ijro hokimiyati organlari istisno tariqasida mahalliy kompaniyalar bilan AKT sohasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar imzolash imkoniyatini qo‘lga kiritishadi. 

Shuningdek, Haftalik tashkilotchilari 20-21 sentabr kunlari «O‘zekspomarkaz» MKMning ICTEXPO hamda ICTSUMMIT maydonchalari yonidagi anjumanlar zalida bo‘lib o‘tadigan ICTFORUM 2017 eshituvchilari sifatida qatnashish uchun arizalar qabul qilishni davom ettirishmoqda. Buning uchun ictweek.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish lozim.

Forumda ma'ruzachi sifatida ishtirok etishga arizalarni qabul qilish yakunlandi. Forum dasturi tez orada Haftalik saytida, axborot resurslari va tadbirning Facebook’dagi shaxsiy sahifasida e'lon qilinadi.

Tashkiliy qo‘mita Haftalik tadbirlarining tasdiqlangan homiylari ro‘yxatini e'lon qildi. AKT Sammitining asosiy homiysiga Huawei kompaniyasi, AKT Forumning «Axborot xavfsizligi» va «E-government Uzbekistan» seksiyalari homiylariga esa Softline hamda ZTE aylanadi. «AT infratuzilma» seksiyasining bosh homiysi esa Microsoft bo‘ladi.