"Shimoliy Koreyaning joriy yadro sinovlari avvalgilariga qaraganda ancha jiddiy", - deya qayd etgan Koreya yetakchisi. "Seul, bir tomondan bu sinovlarga qat'iy ravishda munosabatini bildiradi. Sanktsiyalarni keskinlashtirish, bosimni kuchaytirishi va jangovar shaylikni oshirish bilan javob beradi", - deb qayd etgan prezident.
"Boshqa tomondan, Koreya respublikasi Shimoliy Koreya yadro muammosini har tomonlama va tubdan hal etish choralarini qidiradi", - degan Mun Chje In.
Uning qo‘shimcha qilishicha, har safar KXDRning harbiy ig‘vogarliklaridan so‘ng, jahon hamjamiyati tomonidan tanqidlar yog‘dirish va Shimolga bosimni kuchaytirish ta'kidlanadigan "samarasiz doira"ga barham berish kerak.
KXDR 3 sentabr kuni vodorod bombasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini e'lon qildi. U qit'alararo ballistik raketada jangovar yadroviy kallak sifatida qo‘llanilishi mumkin.











