Shuningdek, xabar qilinishicha, koalitsiya vakillari konvoyda bo‘lgan ayollar va bolalarni qutqarib olishga harakat qilishgan. Shu bilan birga, konvoyga zarbalar berilmagan.

Agentlikning aniqlik kiritishicha, AQSh Suriya hukumatiga murojaatni yetkazish maqsadida Rossiya tomoni bilan bog‘langan. Ular konvoyning Iroq bilan chegara yo‘nalishiga qarab harakatlanishini yengillashtirishga uringan.

Avvalroq Suriya muxolifati AQSh vositachilar orqali IShIDga qurol sotayotgani haqida ma'lum qilgandi.