Ta'kidlanishicha, qurollangan kamida uch kishi hujum qilgan. Politsiya bo‘linmasida esa Jammu va Kashmir shtatlarining yuzlab xodimlari bo‘lgan.

Jangarilar binoga kirishning uddasidan chiqishgach, granatalarni otib, betartib o‘q uza boshlashgan.

Ayni damda politsiyachilarni evakuatsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Avvalroq Myanmada jangarilar politsiyachilarga hujum qilgani xabar berilgandi.