Manbalar ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp AQShning Afg‘onistondagi va Janubiy Osiyodagi yangi strategiyasi haqida so‘zlaydi. Bu strategiya jumladan Pokiston hukumatini terrorchilarga boshpana taqdim qilishdan voz kechishga majbur qiladi. Telekanalning ma'lum qilishicha, Oq uy Pokistonni terrorchilikni moliyalashtiruvchi davlatlar ro‘yxatiga kiritish, bu davlatga yordam hajmini kamaytirish va uni AQShning NATOdan tashqaridagi asosiy ittifoqdoshlari ro‘yxatidan chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqqan. Shu bilan birga AQSh ma'muriyati Tramp murojaat bilan chiqquncha rejalar o‘zgarishi mumkinligini istisno qilmagan.   

Pentagon matbuot-xizmatida telekanalning bu ma'lumotiga izoh berilmadi va prezidentning bayonotini kutish taklif qilindi. 

20 avgustda Oq uy matbuot-kotibi Sara Sanders Tramp 21 avgustda AQShning Afg‘oniston va Janubiy Osiyo bo‘yicha yangi strategiyasi qabul qilinishi haqida so‘zlashini ma'lum qilgandi.

Tramp 18 avgustda Kemp-Devid – AQSh prezidentlarining shahar tashqarisidagi qarorgohida milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazgan. Yig‘ilishda ko‘tarilgan asosiy mavzu Janubiy Osiyo mintaqasi, xususan Afg‘oniston bo‘lgan. Ma'lum qilinishicha, Trampga harakatlarning turli variantlari, jumladan Afg‘onistondan barcha harbiylarning to‘liq olib chiqilishi, qo‘shinlarni qoldirish, uni birozga oshirish yoki qisqartirish taklif qilingan.