Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu hodisa mahalliy vaqt bilan soat 11:20dan 11:40 oralig‘ida ro‘y bergan.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar hujum qiluvchini yo‘q qilishgan.

«Qo‘lga olish vaqtida qurolli shaxs qarshilik ko‘rsatdi. Avvaliga politsiya xodimlari havoga o‘q uzib, uni ogohlantirishdi. Shundan so‘ng u otib o‘ldirildi», deyilgan matbuot xizmati xabarida. 

Tarqalgan suratlarda o‘ldirilgan shaxsning belida portolvchi qurilma mulyaji borligini ko‘rish mumkin.

Ayni vaqtda hodisa yuzasidan tekshiruvlar olib borilmoqda.