Fitch bosh iqtisodchisi Brayan Kultonga ko‘ra, «qayta ko‘rib chiqish zarurati rivojlanayotgan bozorlar, xususan Xitoy tufayli paydo bo‘ldi». Fitch baholariga binoan, XXR iqtisodiyotida sekinlashuv kutilmoqda, shunga qaramay, o‘sish sur'ati sezilarli bo‘lib qoladi. U 2017 yilda 6,7 foizni tashkil etsa, 2018 yilda 6,3 foiz bo‘lishi taxmin qilinayapti. 

Agentlikning xabar qilishicha, AQSh YaIM ikkinchi chorakda 0,6 foizga o‘sgan. Bunga biznesga kiritilayotgan sarmoyalar asos bo‘lgan. Yevrohududda YaIM o‘sishi hm 0,6 foizni tashkil etgan, bunda Ispaniya va Fransiya ijobiy natija ko‘rsatmoqda. Buyuk Britaniyada YaIM o‘sishi 0,3 foizdan o‘zgarmagan.