Bu Misrda katta ko‘lamli iqtisodiy islohotlar boshlangandan beri xorijiy naqd valyutasining eng yirik quyilishlaridan biri bo‘ladi.

Jumladan, shahzodaning Kingdom Holding Co. kompaniyasi va TMG Sharm-al-Shayxdagi Four Seasons kurortini kengaytirmoqchi hamda Al-Alamayn va Qohira yaqinida 2 ta mehmonxona qurmoqchi. Bu haqda Misrning investitsiyalar va xalqaro kooperatsiya vazirligi ma'lum qildi. 

Sayyohlikni rivojlantirish Misrni iqtisodiy tiklash dasturining eng muhim elementlaridan biri hisoblanadi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni o‘lchami Belgiyadan kattaroq bo‘ladigan sayyohlik majmuasi qurishi ma'lum bo‘lgandi.