Maktab Andijon davlat universiteti qoshidagi 4-son akademik litsey hududida ochiladi.

2017-2018 o‘quv yilida ixtisoslashtirilgan maktabning 5-8-sinflariga hamda 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab 5-sinfiga 30 nafardan o‘quvchilar qabul qilinadi. Xalq ta'limi vazirligiga o‘quvchilarni qabul qilish kvotalariga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi.

Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Xalq ta'limi vazirligi hamda Badiiy akademiya 2017 yil 1 sentabrgacha:

•  4-son akademik litsey binosining 1-qavatida 150 o‘rinli o‘quv binosini ixtisoslashtirilgan maktabga moslashtirish bo‘yicha ta'mirlash ishlarini amalga oshirish va uni foydalanishga topshirish;
•  byustning ijodiy va texnik parametrlarini ishlab chiqish hamda uni sifatli yaratish;
•  4-son akademik litsey hududida byust o‘rnatilgan xiyobonni tashkil etish chora-tadbirlarini ko‘rishi kerak.

Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq barcha xarajatlar Andijon viloyati mahalliy byudjyeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

Xalq ta'limi vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab yangi maktabni o‘quv-laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, o‘quv-metodik majmualar, o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalar hamda badiiy adabiyotlar bilan ta'minlash choralarini ko‘radi.

Hujjatda maktabga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish maqsadida ona tili va adabiyot fanlaridan, shuningdek psixologik-pedagogik diagnostika bo‘yicha test sinovi o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

2017-2018 o‘quv yilidan boshlab Davlat byudjyeti parametrlarida ta'lim sohasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida ixtisoslashtirilgan yangi maktabning ta'minoti uchun zarur mablag‘lar nazarda tutiladi.