1942 yil avgust oyida Vale kantoni Shandolen qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Marselen va Fransin Dyumulen sigirlarni sog‘ish uchun uydan chiqib ketib, qaytib kelishmagan. O‘tgan haftada ishchilardan biri 205 metrdan balandroqda joylashgan Le-Dyabler tog‘-chang‘i kurortiga chiqaverish yaqinidagi Tsanfleron muzligida jasadlarga duch kelgan. Xabar qilinishicha, halok bo‘lganlarning yonida hujjatlari ham bo‘lgan. 

«Jasadlar yonma-yon yotar edi. Ularning biri erkak va ikkinchisi ayol kishiga tegishli bo‘lib, liboslari Ikkinchi jahon urushi davriga oid edi. Ular muzlikda yaxshi saqlangan, shaxsiy buyumlarining holati ham o‘zgarmagan», — deya ma'lum qilgan  Glacier 3000 tog‘ stansiyasi Bernxard Tshannen.

Marhumlarning kichik qizi, 79 yoshli Marselen Udri-Dyumulenning aytishicha, o‘tgan davr mobaynida farzandlar ota-onalarini qidirishgan. Agentlikning qayd etishicha, jasadlar shaxsini tasdiqlash uchun ularning yaqinlari DNK-testini topshirishlari  kerak.