"Men Saudiya Arabistonidan qaytdim. O‘z ko‘zlarim bilan yo‘lda yotgan 100 dan ko‘proq o‘lik tuya va qo‘ylarni ko‘rdim", deb aytdi tuya to‘dalaridan birining egasi Husayn Al-Marriy.
Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, oxirgi kunlarda Qatarda 12 mingdan 25 minggacha tuya nobud bo‘lgan.
Qatar hukumati fermerlarga yordam berishga qaror qilib, chegarada maxsus oromgohlar tashkil qilishgan.











