Andijon viloyati IIB matbuot xizmatiga ko‘ra, Bo‘z tumanidagi bog‘dorchilik xo‘jaliklaridan birida ishlovchi shaxs Shahrixon tumani hududidagi “Toshkent-Andijon” “A-373” yo‘lida 3 dona polietilen qoplarda bo‘lgan jami og‘irligi 21 kg 160 gramm marixuana giyohvand moddalarini 1 mln so‘mga sotayotgan vaqtda ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Shahrixon tuman IIB huzuridagi Tergov Departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi (ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositalarini sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.