«Ma'lum bo‘lishicha, Pak Kin Xe Janubiy Koreyadan «Shimoliy Koreya rahbariyatini yo‘q qilish» bo‘yicha amaliyotni o‘z prezidentlik muddati davomida razvedka xizmati bilan til biriktirgan holda ilgari surgan», - deyiladi xabarda.
MTAG ma'lumot bergan manbani ochiqlamay turib, 2015 yilda Janubiy Koreyadan bo‘lgan «terrorchilik guruhi» KXDR hududiga MRB yordamida kirib, mamlakat oliy rahbariyatiga qarshi biokimyoviy qurolni qo‘llashga harakat qilganini iddao etgan.
Bundan tashqari, xabar berilishicha, janubiy koreyalik agentlar shu tariqa Kim Chen Inning o‘limini uyushtirmoqchi bo‘lganlar, bu baxtsiz hodisaga o‘xshash bo‘lishi kerak edi.
OAV: Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti ma'muriyati Kim Chen Inni o‘ldirishni rejalashtirgan











