"Men VAR tizimidan juda mamnunman. Biz videoyordamchilar hakamlarga to‘g‘ri qarorlar qabul qilishda qanday yordam berayotganini ko‘rmoqdamiz. Tizimning Konfederatsiyalar kubogida sinovdan o‘tishi bizga jarayonlarni va hakamlar bilan aloqa qilishni yaxshilashda yordam beradi. Muxlislar ko‘p yillar davomida orziqib kutganlari yuz berdi. Videoyordam tizimi bu zamonaviy futbol kelajagidir", deb aytdi Infantino.
Infantino hakamlarga videoyordam haqidagi fikrlarini bildirdi
07:22 / 20.06.201714 4381 min
FIFA prezidenti Janni Infantino Konfederatsiyalar kubogi 1-turidan o‘rin olgan Avstraliya va Germaniya o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng musobaqada hakamga videoyordam tizimi (VAR) ishlayotganligidan mamnun ekanligini aytdi.











