“Politsiyachilar avtobusga juda ko‘plab kishilarni joylashtirdi, ulardan biri esa qochib ketishga muvaffaq bo‘ldi”, - deya xabar qilgan guvohlardan biri. Tojik hamjamiyati ma'lumotlariga ko‘ra, ommaviy mushtlashuv qum uchun kichik paqir sabab ro‘y bergan.

“Ikki yosh yigit qum solish uchun mo‘ljallangan paqirni bo‘lisha olmadi. Ular mushtlashuvni boshlashdi, keyin bu jarayonga tomonlarning do‘stlari qo‘shildi. Politsiyachilar ularni ushlashdi, suhbat o‘tkazishdi va qo‘yib yuborishdi”, - deya News.Ykt.ru’ga izoh bergan Yoqutistonning “Somoniyon” hamjamiyati raisi Muzafar Sangaliyev.