Avvalroq joriy haftada Chovusho‘g‘lu Qatar poytaxti Dohaga tashrif buyurib, ixtilofni hal qilish uchun muzokaralar o‘tkazgandi.
Uning aytishicha, Turkiya shu vaqt ichida ixtilofning biror tomoniga yon bosmagan holda bosiq siyosatni olib borgan va uni hal qilish uchun yangi choralar ko‘radi.
Chovusho‘g‘lu inqirozni hal qilishda Saudiya Arabistonining yetakchilik qilishini kutayotganini ta'kidlab o‘tdi. U sanksiya va embargolar ixtilofni hal qilishga yordam bermasligini qo‘shimcha qildi.











