Pensning so‘zlariga ko‘ra, Donald Tramp mehnatkashlarning manfaatlarini ko‘zlab, mazkur kelishuvdan chiqish to‘g‘risidagi qarorga kelgan.
Pensning izoh berishicha, yo‘qotilgan ishchi o‘rinlarning 3 millioni ishlov berish sanoatiga to‘g‘ri kelardi. Uning fikricha, bu yerda, masalan, Xitoy va Hindiston "deyarli hech narsa yo‘qotmasdi". Pens Amerika prezidentining qaroriga izoh berar ekan, u "Pittsburgni Parijdan", "Miluokini Milandan yuqori qo‘ygani"ni ta'kidladi.
AQSh prezidenti Donald Tramp 1 iyun kuni iqlimga doir Parij kelishuvidan chiqishi to‘g‘risida e'lon qildi. Mazkur hujjat 2016 yil imzolangan bo‘lib, unga Rossiya, Germaniya, Hindiston va Xitoy kabi davlatlar kiradi. Kelishuvning asosiy maqsadi - global o‘rtacha haroratni Tselsiy bo‘yicha 2 daraja ko‘rsatkichida ushlab turish. Olimlarning ta'kidlashlaricha, o‘rtacha harorat ko‘rsatkichining bundan-da oshirilishi sayyora ekologiyasiga juda katta tahdidlar tug‘dirishi mumkin.











