Uchrashuv 6:3, 6:4, 6:0 hisobida ispan foydasiga hal bo‘ldi. Nadal ushbu nufuzli musobaqaning finaliga faoliyatida 10-marotaba chiqdi. U avvalgi barcha 9 ta finalda ham zafar quchgan. Nadal uchun bu final "Katta dubulg‘a" musobaqalaridagi 22-final bo‘ladi.

Hal qiluvchi uchrashuvda 31 yoshli Nadal 32 yoshli shveysariyalik Sten Vavrinka bilan uchrashadi. "Tuproqli kortlar qiroli" deb nom olgan Nadal bu finalda faoliyatidagi o‘ninchi Roland Garros’ni qo‘lga kiritishi mumkin. Final 11 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. 

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning mukofot jamg‘armasi 36 mln yevrodan ko‘proqni tashkil qiladi. Ayollar va erkaklar o‘rtasidagi g‘oliblar 2,1 mln yevrodan mukofot puli oladilar. 

2016 yilgi Roland Garros’ni serbiyalik Novak Jokovich yutgandi.