Video avvalida bug‘u bolasi deyarli ko‘rinmaydi, uning faqat chiyillashi eshitiladi. Ayiq unga bir necha bor yaqinlashishga harakat qiladi, biroq ona-bug‘uning qat'iy nigohi ostida bunga jur'ati yetmaydi.

Bug‘u chalg‘igan paytida ayiq hujumga kirishadi. Ona bug‘u yirtqich tomon yugurib, bolasini qutqaradi. U shu zahotiyoq "o‘ljasi"ni tashlab, daraxtga chiqa boshlaydi. Shundan so‘ng bug‘u va uning bolasi o‘z yo‘lida davom etadi. 

Rolik mualliflarining ta'kidlashicha, jonivorlarning keyingi taqdiri ularga noma'lum.