Buyruqqa ko‘ra, 2017 yildan boshlab harbiy xizmatga 43 yoshgacha bo‘lgan, harbiy tayyorgarlikning to‘la kursidan o‘tgan va harbiy kafedralarni tamomlagan zaxiradagi zobitlar chaqirilishi mumkin. Bu haqda Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i o‘rinbosari, general-leytenant Artur Artemenko aytib o‘tgan.

Uning ta'kidlashicha, zaxiradagi zobitlardan bo‘lgan chaqiriluvchilar bakalavrdan past bo‘lmagan oliy ma'lumotga ega bo‘lishi lozim. Shuningdek, ularda birlamchi zobitlik unvoni ham bo‘lishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Poltorak mart oyida zaxiradagi zobitlarni Ukraina qurolli kuchlariga xizmatga qaytishga chaqirgandi.

-  Bizning kurash hamon davom etmoqda, mustaqillikka tahdidlar bor. Agarda sizning yoshingiz va sog‘lig‘ingiz imkon bersa, qurolli kuchlar safiga qaytishga chaqiraman: bizga sizlarning tajriba va bilimlaringiz kerak, - deya ma'lum qilgandi Ukraina mudofaa vaziri.