Kollon yangi lavozimga kirishgandan keyingi ilk nutqida Yevropa va ayniqsa Fransiya "terrorchilar nishoni" hisoblanishini aytdi va terrorchilik xavfi nafaqat tashqaridan bildirilayotganini, balki mamlakat hududida ham ildiz otganini qayd qilib o‘tdi. Vazirning aytishicha, u o‘zining sa'y-harakatlarini yoshlarning radikallashishiga va ularning "oxirgi yillarda guvohi bo‘lingan dahshatli hujumlar" sodir etishlariga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltiradi.