Ushbu festival tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, milliy mentalitet va hududiy iqlimiy sharoitlarning o‘ziga xos xususiyatlari asosida yaratilgan milliy kostyumlar orqali bolalar, shu jumladan, yoshlar va ularning ota-onalarida did, kiyinish madaniyati va estetik tarbiyaning shakllanishiga, O‘zbekiston san'ati va madaniyati sohasida bilimlarni kengayishiga imkoniyat yaratib beradi.
“Tantana”, “Tomosha”, “Diamondskids” ijodiy guruhlarining yosh modellari, shuningdek, Art-byuro “Kolibri” moda maktabining tarbiyalanuvchilari liboslar namoyishida har bir guruh uchun maxsus sahnalashtirilgan model sifatida ishtirok etishadi.
Moda festivali dasturi o‘z ichiga quyidagi tadbirlarni o‘tkazishni rejalashtirgan:
Beyoung for baby defilesi - bu yosh ishtirokchilar, jumladan, (yosh dizaynerlar, institut talabalari va kollej o‘quvchilari) uchun tanlov.
Sanoat liboslar to‘plamlarining namoyishi - “O‘zbekengilsanoat”
Davlat aksionerlik kompaniyasi qoshidagi O‘zbekistonning yetakchi tikuv va tikuv-trikotaj korxonalarining bolalar uchun mavsumiy va turli assortimentdagi liboslar to‘plamlarining namoyishi.
Gala-fashion shou - O‘zbekistonda bolalar modasi va dizayn sohasida an'analarning boyligi va zamonaviy izlanishlarni o‘zida aks ettiruvchi o‘zbek dizaynerlarining yakuniy liboslari namoyishi.









