Grafen ajoyib aks ettirish xususiyatlariga egaligidan tashqari, yengil, pishiq va egiluvchandir. Shu bilan birga, issiqlik va elektr energiyasini o‘tkazuvchanligi ham yuqori. Aytish joizki, dunyodagi yuzlab tadqiqot guruhlari ushbu materialni turli sohalarda qo‘llash mumkinligini aniqlashmoqda. Janubiy koreyaliklar esa, grafen yordamida mavjud OLED texnologiyasini takomillashtirishga urinib ko‘rishdi va uddasidan chiqishdi. Ular indiy-qalay oksidi (ITO) elektrodlarini to‘liq grafen elektrodlariga almashtirib ko‘rishdi. 

Yangilikning asosiy mohiyati shundan iboratki, ITO juda zaif hisoblanadi, grafenni esa xohlagancha bukish mumkin, bunda unga hech narsa qilmaydi. Mazkur texnologiya 370mmga 470 mmm bo‘lgan displeyda sinab ko‘rishgan. Grafenli elektrodlar qalinligi 5 nanometrdan oshmagan. 

«Bizlar ishlab chiqqan narsa egiluvchan OLED-displeylar ishlab chiqishda juda zarurdir. Ushbu texnologiya Koreya va shu kabi tadqiqotlar olib borayotgan Xitoy o‘rtasidagi farqni yanada kengaytiradi», — degan loyiha rahbari Cho Nam Sun.