"Bosh prokuror o‘rinbosari Xans Irman gumonlanuvchini hibsga olish haqidagi arizasini Stokholm okrug sudiga topshirdi", deb aytildi xabarda.

Ushbu masala bo‘yicha sud yig‘ilishi 11 aprelda bo‘lib o‘tadi. 

Avvalroq Shvetsiya davlat politsiyasi rahbari Dan Eliasson politsiya aynan Rahimov Stokholmdagi terakt ijrochisi ekanligiga ishonchi komilligini aytgandi. Uning aytishicha, politsiya Oqilovga nisbatan katta miqdorda dalil yiqqan.

Ma'lum qilingandek, Oqilovning o‘zi tergov izolyatorida so‘roq qilinish vaqtida jinoyatni sodir etganini tan olgan. Uning aytishicha, u Suriyadagi IShID terrorchilik guruhi buyrug‘iga ko‘ra harakat qilgan.