"Golovkinning jamoasi bilan muzokaralar to‘xtab qoldi. Uning promouterlari menga u jarohatlangani haqida aytishdi. Barchasi qanday yakun topishini ko‘ramiz. Biz bu jang o‘tkazilishidan manfaatdormiz va bu jangga har qachon tayyormiz", degan u.
Amerikalik jurnalist Den Ambrozening yozishicha, Golovkin 18 mart kuni Deniel Jyeykobsga qarshi jang vaqtida jarohatlangan bo‘lishi mumkin.
Boshqa taxminlarga ko‘ra, aslida Golovkin jarohatlanmagan, uning jamoasi taktika qo‘llamoqda. Shuningdek jamoa qaror qabul qilish uchun vaqtga ega bo‘lmoqchiligi aytilgan.
33 yoshli Golovkin WBA (Super), IBO, IBF va WBC versiyalarining o‘rta vazn toifasidagi jahon chempioni hisoblanadi. U o‘z vaznida mutlaq jahon chempioniga aylanishi uchun, Sondersdan WBO kamarini tortib olishi kerak bo‘ladi.











