Uning aniqlik kiritishicha, Golovkin imzo qo‘ygan va jang 17 iyulga belgilangan. 

"Britaniyalik bilan jang "Astana Arena" stadionida o‘tkaziladi. Shunday ekan, pul yig‘ishni boshlang, chipta arzon bo‘lmasligi aniq", — degan Marjikpayev.

U barcha masalalar jangdan ikki hafta oldin kelishib olinishini qayd etgan.

"Axir bu professional boks, bu biznesga aylangan. Menimcha chipta bahosi 10-15 ming atrofida bo‘ladi", — degan boshqarma rahbari.

33 yoshli Golovkin WBA (Super), IBO, IBF va WBC versiyalarining o‘rta vazn toifasidagi jahon chempioni hisoblanadi. U o‘z vaznida mutlaq jahon chempioniga aylanishi uchun, Sondersdan WBO kamarini tortib olishi kerak bo‘ladi.