Ryonxap agentligining xabar berishicha, tergovchilar Pak Kin Xeni Seuldan janubda joylashgan Iyvan dastlabki tergov izolyatorida so‘roq qilishgan. Hibsga qadar esa uni poraxo‘rlik, mansab vakolatlarini suiiste'mol qilish va begona kishilarga maxfiy ma'lumotlarni berish bo‘yicha bir oy davomida so‘roq qilishgandi.

Ryonxap ma'lumotiga ko‘ra, Pak Kin Xega 13 modda bo‘yicha rasmiy ayblovlar aprel o‘rtalarida qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, sobiq prezident, sobiq diktator Pak Chon Xining qizi o‘tgan hafta sud qaroriga ko‘ra hibsga olingandi.