Yo‘l-transport hodisasi 2 aprel kuni ertalab Sveg shahridan 20 km uzoqlikda yuz bergan. Voqea joyiga 2 ta vertolyot va bir nechta tez tibbiy yordam mashinasi yetib kelgan.
Mahalliy OAV ma'lumotlariga ko‘ra, avtobusda 8-sinflarning 50 dan ko‘proq o‘quvchisi va 6 nafar katta yoshli odamlar bo‘lgan. Ikki kishi shifoxonaga yetkazilgan. Umumiy hisobda 30 ga yaqin odam jarohat olgan.
Voqeaga nima sabab bo‘lgani hali o‘rnatilmagan.











