Parisien nashri ma'lumotlariga ko‘ra, shifokorlarga jarohat olgan va karaxt holga tushgan 30 ga yaqin kishi murojaat qilgan.
Portlash mahalliy vaqt bilan soat 17.30da somon va daraxtdan yasalgan tulum yoqilmoqchi bo‘lganda yuz bergan.
Ma'lum qilinishicha, portlashga baxtsiz hodisa sabab bo‘lgan. Voqea joyida politsiya va qutqaruvchilar ish olib bormoqdalar.
Francetvinfo portalining ma'lum qilishicha, bolalar uchun uyushtiriladigan karnavalda mingga yaqin bola bo‘lgan.













